Bugun, 8 fevral kuni «Özbek Davlat sirki»da ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun press-tur taşkillaştirildi va bu maskan faoliyati hamda rejalari taniştirildi.

2019 yildan boşlab davlat rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Özbek sirk san'atining jamiyatdagi rolini oşiriş, sirk dasturlari va spektakllarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytiriş, xodimlarini moddiy rağbatlantiriş hamda qöllab-quvvatlaş, sirkning yoş mutaxassislarini tayyorlaş, «Özbek davlat sirki» davlat muassasasi va uning tarkibidagi köçma sirklar (şapitolar)ning faoliyati, özbek sirk san'atiga davlat-xususiy şeriklik tamoyillarini keng joriy qiliş orqali investitsiyalarni jalb etiş, şuningdek, aholiga taqdim etilayotgan sirk xizmatlarining natijadorligi va sifatini oşiriş rejalaştirilgan.

Kun.uz muxbiri press-tur doirasida sirk rahbari Rustam Majidov bilan qisqa suhbat qildi.

«2019 yil «Özbek Davlat sirki» faoliyatida buriliş yili bölişi lozim. Çunki prezidentimiz talabi şunday. Vazirlar Mahkamasi qöllab-quvvatlaşi bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan sirkimiz böyiça maxsus dastur işlab çiqilgan. Unga köra, binolarimiz töliq rekonstruksiyadan çiqarilişi, moddiy texnik bazamiz kuçaytirilişi, dasturlarimiz rang-barangligi oşirilişi lozim. Tsirkimiz jamoasi hozirdanoq bunga tayyorgarlik körmoqda. Körib turganingizdek, artist jonivorlarimizni yangi tomoşalarga örgatyapmiz, köçma sirklar böyiça maxsus jadval tuzib çiqyapmiz.

Eng muhimi, xorijiy davlatlar bilan tajriba almaşiş böyiça vazirligimiz tomonidan alohida işlar olib borilyapti. Bir guruh xodimlarimiz qöşni davlatlarga, Rossiyaga borib malaka oşirib kelişdi. Biz ham yaqinda ularning taşrifini kutyapmiz», – deya Rustam Majidovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.