Toşkentda yangi olimpiya stadioni barpo etilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Gosport xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, Özbekiston 2030 yilgi Osiyo öyinlariga mezbonlik qiliş uçun ariza topşiradi. Arizada musobaqalarni taşkil qiliş böyiça maxsus dastur yaratiladi.
Aynan mana şu dasturga binoan poytaxt Toşkentda olimpiya standartidagi yangi stadion qurilişi loyihasi ham taqdim etiladi. Stadion Osiyo öyinlarining oçiliş va yopilişi marosimi, şuningdek, futbol, yengil atletika musobaqalarini özida qabul qiladi. Kelgusida stadion futbol uçraşuvlarini ötkaziş uçun xizmat qiladi.
Hozirça stadionning siğimi qança bölişi haqida ma'lumotlar yöq. Şuningdek, uning Toşkentning qaysi qismida qurilişiga ham aniqlik kiritilmagan.
Ayni vaqtda bu loyiha körinişida qolmoqda. Stadion qurilişi uçun dastavval Özbekiston Osiyo öyinlariga mezbonlik huquqini qölga kiritişi lozim.
Qayd etiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil dekabrida parlamentga murojaatnomasida Özbekiston Osiyo öyinlariga mezbonlik qilişi kerakligi haqida gapirgandi.
«Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo öyinlari kabi nufuzli sport musobaqalari ötkazilmagan. Kelgusida yozgi Osiyo öyinlaridan biriga mezbonlik qiliş böyiça harakatlarni boşlaşimiz kerak», degandi prezident.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, 25 fevral kuni Toşkentga Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengaşi raisi şayx Ahmad Al-Fahad Al Sabah kelişi kutilmoqda. Özbekiston qaysidir xalqaro turnirga mezbonlik qilişi masalasi şu taşrif davomidagi muzokaralar natijasiga boğliq böladi.













