Milliy matbuot markazida ötkazilgan anjumanda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining 2018 yilda amalga oşirgan işlari hamda 2019 yilga belgilangan asosiy vazifalari haqida ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda ÖzA.
Tadbirda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori Yorqin Tursunov ötgan yilda tizimda qilingan işlarga töxtalar ekan, bu boradagi özgarişlar davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi bilan boğliqligiga alohida e'tibor qaratdi.
Qayd etilganidek, jamğarma 2018 yilgi aniqlangan daromadlari prognoz körsatkiçi 24 057,1 milliard sömni taşkil etdi. Reja esa 102,3 foizga bajarilgan. Pensiya va ijtimoiy nafaqa tölovlari öz muddatida moliyalaştirilib, töliq tölanişi ta'minlangan. Masalan, ötgan yil 330,5 ming nafar fuqaroga pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlangan bölsa, joriy yilning 1 yanvar holatiga asosan pensiya va nafaqa oluvçilarning umumiy soni 3 485,9 ming nafarga yetgan.
2018 yil 1 yanvar holati böyiça 65 yoş va undan oşgan hamda 2010 yilga qadar pensiya tayinlangan fuqarolarni pensiyasida aniqlangan ortiqça tölovlar qarzdorliklari hisobdan çiqarilgan bölsa, Prezidentimizning 2018 yil 2 iyuldagi hamda 2018 yil 13 oktyabrdagi farmonlariga asosan ötgan yilning 15 iyulidan va 1 noyabridan pensiya va nafaqalarning miqdorlari mos ravişda 7 foizga va 10 foizga oşirilişi ta'minlangan. Şu bilan birga, pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan örtaça iş haqining eng yuqori miqdorini eng kam oylik iş haqining sakkiz barobaridan ön barobariga oşirilişi hisobiga 2019 yil 1 yanvardan 519 ming nafardan ortiq fuqarolarning pensiya miqdori qayta hisoblanganligi haqida ham tadbirda batafsil ma'lumot berildi.
– Pensiya va nafaqa tölovi vedomostlarini Xalq bankiga va tijorat banklariga faqat elektron şaklda yuboriş tizimi joriy etildi – dedi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mablağlarni boşqariş va hisobini yuritiş boşqarmasi boşliği Nuriddin Şodixöjayev. – Pensiya va nafaqa tölovlari muddatida töğri amalga oşirilgani hamda fuqarolarga pensiya miqdori va tölov kuni haqida ma'lumot oliş imkoniyatini yaratiş maqsadida “on-line” tarzida joriy qilingan bepul “SMS-pensiya” interaktiv xizmatiga 1,9 million nafardan ortiq fuqarolarning mobil telefonlari ulandi. “Pensiya” dasturi bilan “Elektron hukumat” axborot tizimini özaro elektron boğlaş natijasida fuqarolarning pasport ma'lumotlari avtomatik tarzda yuklanişi, şuningdek, bola tuğilganda va dafn marosimi uçun nafaqalarni tayinlaşda ma'lumotlarni FHDYo axborot tizimi ma'lumotlari bilan elektron şaklda soliştiriş mexanizmi yölga qöyildi.












