«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Ole-Gunnar Sulşer Angliya çempioni böliş uçun superyulduzlarni xarid qiliş şart emas deb hisoblamoqda.
«Transferlarga töğri yondaşiş kerak. Futbolçi jamoaga mos bölişi lozim. Superyulduzni sotib oliş bilan vaziyat önglanadi, biz kuçli törtlik uçun, çempionlik uçun kuraşamiz desak, xato qilgan bölamiz. Çempion böliş uçun superyulduz sotib oliş şartmas.
Klub va jamoa sovrinni ularsiz ham qölga kirita oladi. Agar futbolçilarga nazar solsangiz, ularning yoş va istiqbolli ekanini körasiz. Şuningdek, bir qadam oldinda yurib, peşqadamlik qiliş uçun bizga tajribali futbolçilar ham kerak», — deb Sulşer sözlarini keltirmoqda Goal.











