AQŞ prezidenti Donald Trampning Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşuvi Xanoyda bölib ötadi. Bu haqda Qöşma Ştatlar rahbari Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Trampning sözlariga köra, uning vakillari Şimoliy Koreyani samarali uçraşuvdan söng tark etişgan, ular ikkinçi sammit vaqti va joyi haqida kelişib olişdi. «Rais Kim bilan uçraşuvni kutmoqdaman. Unda tinçlikka erişişga harakat qilamiz», - deb yozgan AQŞ prezidenti.
Avvalroq, 6 fevral kuni, Donald Trampning Kim Çen In bilan uçraşuvi Vetnamda 27-28 fevral kunlari bölib ötişi xabar berilgandi. Sammit haqida boşqa tafsilotlar yöq.
AQŞ-KXDR birinçi sammiti 2018 yil 12 iyunda Singapurda ötkazildi. Uning yakunlariga köra, tomonlar qöşma bayonotni qabul qildi, unda KXDRning töliq yadrosizlanişga tayyor ekani aytiladi. Bunga javoban AQŞ Pxenyanga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişga va'da berdi.
Eslatib ötamiz, bundan avval AQŞ va Janubiy Koreya Tramp hamda Kim Çen In muzokaralarini muhokama qilişgandi.












