8 fevral kuni Toşkent şahridagi «IceCity» muz arenasida Muz ustida xokkey böyiça birinçi Özbekiston çempionatiga start berildi. Oçiliş marosimini Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov boşlab berdi, tarixiy öyinning ilk şaybasini Özbekiston xokkey federatsiyasi boş kotibi Şukrilla Karimov va rossiyalik maşhur xokkeyçi Sergey Makarov taşlab berişdi.

Ma'lumot uçun, Sergey Makarov ikki marta Olimpiya öyinlari çempioni, sakkiz marta jahon çempioni, ikki marta Sobiq Ittifoq çempioni bölgan, şuningdek Kanada kubogi sohibi hisoblanadi. Makarov sovet va rus xokkeyçilari orasida Sobiq Ittifoq, Rossiya va MXL jamoalarida rasmiy öyinlarda eng köp – 714 şayba kiritgan yagona xokkeyçidir. Maşhur xokkeyçi öz vaqtida Kanadaning «Kalgari Fleymz», «San Xose Şarkz» va AQŞning «Dallas Starz» klublarida faoliyat olib borgan.

Çempionatning birinçi öyini «Toşkent» va «Binokor» klublari örtasida keçdi. Mazkur bahsda «Toşkent» klubining 5:1 hisobidagi ğalabasi qayd etildi.

Xokkey böyiça Özbekiston çempionati 17 va undan katta yoşdagi xokkeyçilar örtasida ötkaziladi va jami 24ta uçraşuvdan iborat böladi. Bahslar 17 mart kuni nihoyasiga yetadi. 20 martdan boşlab esa pley-off uçraşuvlari boşlanadi. Unda jamoalar uçta ğalabagaça kuraş olib borişadi.

Özbekiston xokkey federatsiyasining Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) a'zosi bölişi va poytaxt jamoalaridan birining Kontinental xokkey ligasi öyinlarida iştirok etiş masalasi federatsiyaning butun Respublika böyiça xokkeyni qay darajada rivojlantirişi, şuningdek, «Humo» muz saroyining bitişi bilan boğliq böladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) kongressida «Humo Arena»ning taqdimot marosimini ötkazgandi. «Humo Arena»ning işga tuşiriliş muddati aniq bölgaç, özbekistonliklar va KXL örtasida muzokaralar boşlanadi.