Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligida yillik “Doing Business” hisobotida Özbekiston örnini yanada yaxşilaş böyiça “Yöl xaritasi”ni muhokama qiliş uçun Jahon banki vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Loyiha boşqaruvi milliy agentligi boşqarma boşliği Bahodir Bekovning sözlariga köra, özgarişlarni barça manfaatdor tomonlar – davlat xizmatçilaridan tortib to iste'molçilargaça töğri qöllaşiga erişiş zarur. Jahon banki sörovnomalari mazmunini notöğri talqin qiliş va tuşuniş holatlari uçrab turadi va bu hol reyting natijalariga ta'sir qilmoqda. Şuning uçun amalga oşirilayotgan takomillaştirişlar töğrisida jamoatçilikni öz vaqtida va aniq xabardor qiliş davlat organlari faoliyatining muhim körsatkiçlaridan biri bölyapti.
Uçraşuvda Özbekiston işbilarmonlik muhiti va şaroitini yaxşilaş, litsenziyalaş jarayonini soddalaştiriş, davlat xizmatlaridan foydalaniş böyiça çora-tadbirlarni faol amalga oşirayotgani ta'kidlandi.
Jahon banki vakillariga Özbekistonda kreditorlarni himoya qiliş çoralarini kuçaytiriş, ularning talablarini qondiriş, yerni xususiylaştiriş institutini joriy etiş, xöjalik sub'yektlarining köplab tekşiruvlarini bekor qiliş, muddatsiz litsenziyalarni joriy qiliş, ruxsat beriş tartiblarini bekor qiliş va soddalaştiriş böyiça amalga oşirilgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.
Jahon banki vakillari amalga oşirilayotgan islohotlarning dinamikasi va miqyosini yuqori baholab, oxirgi foydalanuvçilar bilan aloqa örnatişning muhimligini alohida ta'kidladilar.
Bank vakillarining fikriga köra, mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tegişliça baholanişi kerak va “Doing Business” guruhi hisobotni tuziş uçun ma'lumot yiğişni joriy yilning may oyiga tugatişi sababli, qolgan davr mobaynida 2019 yil reytingini yaxşilaş çoralarini köriş kerak.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqariş milliy agentligi Jahon banki missiyasi bilan işlaşni davom ettirmoqda. Har ikki tomon ta'kidlaganidek, özaro munosabatlarning asosiy ğoyasi - muhimi reytinglar emas, balki iqtisodiyotning real holati, biznes yuritiş tartibotlarining oddiyligi va osonligidir.
Ma'lumot uçun: Ötgan yili amalga oşirilgan çora-tadbirlar hisobotning ayrim körsatkiçlari böyiça mamlakat reytingining yaxşilanişida öz aksini topdi. Biroq umuman olganda Özbekistonning reytingi Jahon banki «Doing Business» guruhining 2018 yil uçun hisobotida ötgan yilga qaraganda 2 punktga pasaydi va 76-öringa qöyildi. Şu bilan birga, ilğor marradan uzoqlik böyiça mamlakatimiz körsatkiçlarini 1.08 foizli punktga yaxşiladi.











