Daktiloskopiya ─ barmoq izlari orqali şaxsni aniqlaş haqidagi fan hozirda turli sohalarda samarali qöllaniladi. Uning paydo böliş tarixi haqidagi maqola Postda gazetasida berildi.

Uilyam Herşel XIX asrning oxirlarida Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma'muriyatida xizmat qilardi. U maoş oliş uçun keladigan askarlar soni yildan yilga köpayib borayotganligiga hayron böladi. Bu hodisaning tagiga heç yetolmasdi. Çunki yuz körinişiga qarab hindlarni farqlay olmasdi. Mahalliy aholi vakillari esa bundan ustalik bilan foydalanişar ─ bir kuni özlari oylik olişsa, ertasi kuni maoş olgani biror qarindoşini jönatişardi. Buning ustiga ularning aksariyati savodsiz edi.

Oxiri toqati toq bölgan Herşel ulardan röyxatdagi öz familiyasining töğrisiga va tölov qoğoziga barmoq izlarini qoldirişni talab qildi. Sinçiklab qarasa, bir odamning barmoq izi boşqasinikiga öxşamas edi. Şundan söng anatomiya darsliklarini varaqlab, özining kaşfiyotini barmoqdagi papillyar çiziqlar yordamida asosladi.

Pul tölaş borasidagi muammoni hal etgaç, oradan biroz vaqt ötib, Bengaliyadagi qamoqxonada tartib örnatişga kirişdi. Gap şundaki, sodir etgan oğir jinoyatlari uçun bu yerda jazo ötagan ayrim mahkumlar ozodlikka çiqqaç, özlarini ijtimoiy xavfli bölmagan jinoyatlari uçun jazo ötib çiqqan kişidek körsatişardi. Herşelning körsatmasiga köra, mahkumlar röyxatiga ularning barmoq izlari ilova qilingaç, bunday hollarga butunlay çek qöyildi.

 «Boşingizni davolatib keling» ​

Yutuqlardan ruhlangan Uilyam Herşel kaşfiyotining samarasini Angliyada sinab körmoqçi böldi. Buning uçun lord Jyeyms Tinçbernning millionlik merosi bilan boğliq masalani hal etişda öz xizmatini taklif qildi. Uşbu jarayon 30 yildan buyon davom etib kelayotgan edi. Avstraliyalik Kastro familiyali firibgar özini lordning bedarak yöqolgan öğli deb taniştirib, uning behisob boyliklariga da'vo qila boşladi. Lordning közi xiralaşib qolgan bevasini aldaşga, uning qarindoşlari, şifokor va advokatlarni ham çalğitişga muvaffaq böladi. Firibgarni foş etiş uçun bir neça yil va katta miqdorda sud xarajatlari talab qilindi. Herşel Angliya turmalari boş direktoriga yöllagan xatida öz usuli yordamida Kastroni osongina foş eta olişini bayon qiladi. Ammo direktor unga boşini davolatişni tavsiya qiladi.

Kriminalistikada samarali usul

Oxir-oqibat Herşelning kaşfiyoti butun dunyoda keng qöllana boşladi. Ayniqsa, Angliyada uşbu usuldan samarali foydalanildi. Masalan, 1948 yilda tört yoşli qizaloq Junn Enn Dev öldirilganidan keyin politsiyaçilar tomonidan kriminalistika  tarixida misli körilmagan çora qöllanildi. Jinoyat sodir etilgan Blekbern şahrining katta yoşdagi erkaklarini yoppasiga tekşiruvdan ötkazişga, ya'ni hammaning barmoq izlarini olişga qaror qilişdi.