“2021 yil 29 dekabrda Rossiyaga 90 kundan köproqqa iş izlab kelgan xorijiy fuqarolar va boşqa toifadagi xorijliklar majburiy daktiloskopiyadan ötişini közda tutuvçi federal qonun kuçga kiradi”, deb aytilgan vazirlikda.
Uşbu qonun bilan xorijliklar uçun rus tili, Rossiya tarixi va qonunçiligi asoslari böyiça imtihon talablariga amal qilişi ortidan davlat nazorati örnatilişi hamda xorijliklarga imtihondan ötganlik haqida tegişli sertifikat berilişi közda tutilgan. Bundan taşqari, xorijliklar uçun elektron axborot taşuvçiga ega yagona hujjat kiritiş rejalaştirilgan. Uning tatbiq etilişi xorijliklarning 100 foiz identifikatsiyasini ta'minlaşga imkon beradi.
1 iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga 3 oydan köproq muddatga keluvçi xorijliklar uçun majburiy biometrik röyxatdan va tibbiy körikdan ötiş haqidagi qonunni imzolagandi. Uşbu hujjat daktiloskopiyadan ötiş, suratga tuşiş va tibbiy körikdan ötiş majburiyatini qöyadi. Qonunga köra, Rossiyaga işlagani keluvçi xorijliklar 30 kun içida tibbiy körikdan ötişlari lozim.












