Rossiya IIV migratsiya qonunçiligini isloh qiliş konsepsiyasi va «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi töğrisida»gi qonunning yangi tahririni taqdim etdi. Ularga muvofiq, Rossiyada barça muhojirlardan barmoq izlarini oliş rejalaştirilmoqda, deb xabar beradi «Kommersant'» IIV Migratsiya masalalari böyiça boş boşqarmasi boşliği Valentina Kazakovaning Jamoatçilik palatasidagi nutqiga asoslanib. 

IIV, xususan, Rossiyada 30 kundan ortiq vaqt davomida bölgan barça muhojirlarga barmoq izlari, fotosurat, tibbiy körikdan ötişi va ID-kartalarni oliş majburiyatini yuklamoqçi. Kazakova Rossiyaga kirib kelganlarning hammasidan barmoq izlarini oliş ğoyasi bir neça yildan beri muhokama qilinayotganini ta'kidladi. Biroq, ilgari barmoq izlarini çegarada oliş va buning uçun barça postlarda tegişli uskunalarni örnatiş ğoyasi körib çiqilgan bölsa, IIV endi muhojirlarning öziga kelganidan keyin barmoq izlarini mustaqil ravişda topşiriş majburiyatini yuklaşni taklif qilmoqda.

Kazakovaning aytişiça, IIV muhojirlarga Rossiyadan kiriş maqsadini mamlakatni tark etmasdan özgartiriş imkoniyatini berişni taklif etmoqda. Hozir kiriş maqsadini faqat bir marta belgilaş mumkin. Mahkama migratsiya qoğozlarini elektron kartalarga almaştiriş niyatida. Şuningdek, iş beruvçilarning yagona elektron reyestrlari paydo böladi. Rossiyada bunday reyestr tufayli xorijiy işçi kuçiga kvotalar tizimidan voz keçiş hamda buning örniga çet ellik işçilar va iş beruvçilar bir-birini qidirib, elektron tizim orqali hujjatlarni rasmiylaştirişi mumkin böladi.

Bundan taşqari, Rossiyada vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma (VYaR) berişni tugatiş rejalaştirilmoqda. «Biz hozirdagi kabi vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma oliş institutidan voz keçiş niyatidamiz», - dedi u. Hozir VYaR uç yilga beriladi, uzaytirilmaydi va butun amal qiliş muddati davomida Rossiyada bölişga imkon beradi. Şuningdek, u Rossiyada patent va işlaş uçun ruxsatnomasiz işlaş huquqini beradi. VYaRni olganidan söng, çet el fuqarosi yaşaş uçun ruxsatnoma (YaUR) oliş maqsadida murojaat qilişi mumkin.

IIV buning örniga uçta migratsiya rejimi joriy etişni taklif qilyapti: qisqa muddatli yaşaş (90 kungaça), uzoq muddatli yaşaş va doimiy yaşaş. Oxirgi ikkitasi, «Kommersant'»ning ta'kidlaşiça, VYaR va YaURni almaştirişi kerak.