Rossiya Içki işlar vazirligi yaqin kunlarda poytaxt aeroportlarida migrantlarning barmoq izini oliş (daktiloskopiya) va suratga tuşirişni boşlaydi. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari boş boşqarmasi boşliği Valentina Kazakova ma’lum qildi.
«Afsuski, biz hozirça çegarada barmoq izlarini olmayapmiz, ammo, Moskva ma’muriyati takliflarini inobatga olgan holda, menimça, yaqin kelajakda biz uşbu tajribani boşlaymiz. Aeroportlarda daktiloskopiya (barmoq izlari) va fotosurat olinadi. Natijada, şaxsiy ma’lumotlarini özgartirgan şaxslar Rossiya hududiga kira olmaydi», dedi u.
Kazakovaning eslatişiça, Rossiya hududiga kiruvçi xorijliklar 2021 yil oxiridan boşlab barmoq izlari, suratga oliş jarayoni va tibbiy körikdan ötişi şart. Bu jarayonlar migratsiya markazlarida amalga oşirilmoqda.
«Barmoq izlari olinişi natijasida 2 mingdan ortiq jinoyat foş etildi», dedi boş boşqarma boşliği.
Kazakova sözlariga köra, Rossiyada 6,5 millionga yaqin xorijlik bor, ularning 4 millioni barmoq izlarini oliş jarayonidan ötgan.












