Barmoq izlarini oliş hozirgi paytdagi kabi migratsiya xizmati hududiy bölinmalarida emas, balki çegaradagi nazorat-ötkaziş punktlarida amalga oşirilişi kerak, deb hisoblamoqda Rossiya Içki işlar vazirligi.
«Biz buni juda muhim protsedura deb hisoblaymiz. Albatta, kelajakda bularning barçasi nazorat-ötkaziş punktlarida bölişi kerak... Biz bu masalani tegişli idoralar bilan muhokama qilmoqdamiz», dedi Valentina Kazakova, Rossiya IIV migratsiya boşqarmasi raisi.
Uning sözlariga köra, 2022 yilda qariyb 3 million kişidan migratsiya bölimlarida barmoq izlari olingan.
Daktiloskopirovaniye haqidagi qonun Rossiyada ötgan yil oxirida qabul qilingan edi.
Unga köra, xorijliklarning barmoq izlarini qoldiriş muddati ularning mamlakatga kiriş maqsadiga boğliq. Agar biror kişi Rossiyada 90 kundan ortiq turmoqçi bölsa, çegaradan ötganidan boşlab 90 kun içida barmoq izini topşirişi şart. Mehnat migrantlari uçun bu muddat 30 kunni taşkil qiladi.












