Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyruği bilan jismoniy tarbiya öqituvçilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi tasdiqlandi.
Prezidentning 5.03.2018 yildagi PF–5368-son Farmonida uşbu tizimni joriy etiş nazarda tutilgan, soha vazirligiga tartibga soluvçi nizomni işlab çiqiş vazifasi topşirilgan.
Norma’ning yozişiça, qabul qilingan hujjat bilan davlat MTM jismoniy tarbiya instruktorlari, maktab, litsey, kollej, oliy ta'lim muassasalari öqituvçilari, şuningdek kafedra mudirlari (bundan keyin – öqituvçilar) faoliyatini reyting baholaş tartibi belgilangan.
Öqituvçilar har 5 yilda reyting tizimi böyiça baholanadi. Işga yangi qabul qilingan kadrlar işga qabul qilinganidan keyin 1 yildan söng baholanadi. Oliy ta'lim muassasalari yoki kollejlarni bitirib birinçi bor işga kirganlar kasbiy faoliyatiga 3 yil tölgandan söng baholanadi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylaştirilgan holda uzoq muddat (3 oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tuğiş hamda bolani parvarişlaş ta'tilidagi öqituvçilar iş faoliyatiga qaytganlariga 1 yil tölgandan söng baholaşga jalb etiladi.
Öqituvçining faoliyati samaradorligining aniqlangan reytingi u bir ta'lim muassasasidan boşqasiga işga ötganda saqlanadi.
Baholaş qanday amalga oşiriladi
Hududiy jismoniy tarbiya va sport boşqarmalari vakillari, ta'lim muassasalari va sport federatsiyalarining hududiy bölimlari rahbar xodimlari, şuningdek professor-öqituvçilar sirasidan bölgan kamida 9 kişidan iborat komissiya tuziladi. Tarkib har 5 yilda bir marta yangilanadi. Reyting ötkaziş tartibi, şartlari va muddatlari bir oy oldin e'lon qilinadi.
Baholanadigan öqituvçilar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
• pasport, ta'lim olganlik töğrisidagi hujjat, şuningdek ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olganligini tasdiqlovçi hujjat nusxalari (agar mavjud bölsa);
• malaka oşirganligi töğrisidagi sertifikat nusxasi (agar mavjud bölsa).
Baholaş pedagog kadrning öquv fani böyiça malakasi, dars ötiş mahorati, iş faoliyati samaradorligini, jismoniy tarbiya sohasidagi texnika xavfsizligi qoidalarini biliş darajasini aniqlaş maqsadida u bilan bevosita suhbat şaklida ötkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maxsus daftarda qayd etiladi.












