Kongressmen-demokrat Ro Xanna Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydoni kongress Venesuelaga AQŞ qöşinlarini jönatişga ruxsat bermasligini haqida ogohlantirdi.

"Xuan Guaydo, siz özingizni Venesuela yetakçisi deb e'lon qilişingiz mumkin, ammo AQŞning harbiy aralaşuvi masalasini siz hal qilmaysiz. Bunga (Venesuelaga qöşin jönatişga) faqat kongressgina haqli, ammo biz bunday qadam taşlamoqçi emasmiz", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Avvalroq özini mamlakat prezidenti deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo prezident Nikolas Maduroni ağdariş uçun xorijiy aralaşuv ehtimolini istisno etmagandi.

Vakillar palatasida köpçilikni taşkil etuvçi demokratlar Venesuelaga qöşin jönatişga qarşi çiqişlarini bildirişmoqda.