Oğir atletika böyiça ösmirlar örtasidagi Özbekiston çempionatida jahon rekordi qayd etildi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Samarqanddagi öyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktabida 2002 yil tuğilgan va undan kiçik yoşdagi ösmirlar örtasida bölib ötayotgan Özbekiston çempionatining qizlar örtasidagi bahslarida, -64 kg vazn toifasida musobaqada iştirok etayotgan Kumuşxon Fayzullayeva dast kötarişda 97 kg toşni öziga böysundirgan holda musobaqa oltin medali bilan bir qator mazkur vazn toifasida ösmirlar örtasidagi jahon rekordini yangiladi.

Yoşlar örtasida jahon çempioni, ösmirlar örtasida olimpiada çempioni bölgan Fayzullayeva siltab kötarişda 121 kg, jami 218 kg natija bilan öz vazn toifasida tengsiz deb topildi.

Ma'lumot uçun, ösmirlar örtasidagi Özbekiston çempionatida yigitlar va qizlar öntadan vazn toifasida bahs yuritişdi. Beş kun mobaynida ötkazilgan musobaqada Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlardan 250 nafardan ziyod öğil-qizlar iştirok etişdi.