Çexiya prezidenti Miloş Zemanning Frekvence 1 radiostansiyasi efirida ma'lum qilişiça, Venesueladagi vaziyatga ehtimoliy harbiy aralaşuv mamlakat muxolifati yetakçisi, özini muvaqqat prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo uçun «şarmandali yakun»ga aylanadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Zemanning sözlariga köra, u ham Lotin Amerikasidagi diktatorlar, ham harbiy aralaşuvlar, qöşinlarni kiritiş va bostirib kiriş töğrisidagi maxsus taklifnoma-maktublarni yoqtirmaydi.
«Agar Xuan Guaydo Venesueladagi mavjud muammoni bartaraf qila olmasa va xorijiy himoyaçilarga murojaat qilsa, unda u venesuelalik Gusak kabi şarmandali yakunga ega böladi», - deya taxmin qilgan Zeman.
Zeman nazarda tutgan Gustav Gusak sotsialistik Çexoslovakiyaning sönggi prezidentiga aylanib, öz lavozimini 14 yil davomida egallagan va undan «baxmal inqilobi» davomida ayrilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Guaydo Rossiya va Xitoy Maduroni emas, balki öz investitsiyalarini himoya qilayotgani haqida aytgandi.














