AQŞ va Ispaniya olimlari Wi-Fi signali yordamida mikroskopik elektronikani zaryadlaş usulini aniqlaşdi, deyiladi dgl.ru'da. 

Massaçusets texnologiya instituti va Madrid universiteti olimlari Wi-Fi signali orqali energiya yetkaziş tizimini işlab çiqişdi. Elektr energiya yetkaziş tamoyili elektromagnit tölqinlarning elektr energiyasiga aylanişiga asoslangan. Hozirça smartfonlarni bu usuldan foydalanib zaryadlaş imkoni yöq, biroq mikrospopik texnika "havo"dan energiya olişi mumkin. 

Mutaxassislar elektr energiya yetkaziş uçun sulfid molibdendan maxsus antenna yaratişdi. Uning "KPD"si hozirça kiçik, elektromagnit tölqinlarning atigi 30 foizini elektr energiyaga aylantirişning uddasidan çiqildi. Şunday bölsa-da, tibbiyot sohasida foydalaniladigan ba'zi datçiklarni zaryadlaş uçun şuning özi yetarli böldi.