Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni ijtimoiy himoya qilişni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Belgilanişiça:

2019 yil 1 martdan boşlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uçun tölanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oşirilib, 820 000 sömni taşkil qiladi, keyinçalik inflatsiya hajmidan kam bölmagan miqdorda oşirib boriladi;

2019 yil 1 oktyabrdan boşlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari va tarbiyaçilariga mehnatning alohida şaroitlari uçun har oyda tölanadigan ustama haqi lavozim maoşining 75 foizi miqdorida tölanadi;

vasiylik va homiylik organlari xodimlariga öz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajariş bilan boğliq transport xarajatlarini qoplaş uçun har oyda 170 000 söm miqdorida kompensatsiya tölanadi, keyinçalik inflatsiya hajmidan kam bölmagan miqdorda oşirib boriladi;

bolalar uylari, nogiron bolalar uçun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarşi bolalar sanatoriysi tarbiyaçilariga tegişli toifadagi davlat maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyaçilari uçun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qöllaniladi;

oilaviy bolalar uylari tarbiyalovçi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyaçilari uçun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida şaroitlari uçun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyaçilari uçun belgilangan har yilgi ta'tillar, imtiyozlar va kafolatlar beriş tartibi saqlab qolinadi.