Fuqarolarning xolis, işonçli axborot olişlari, şuningdek, jurnalistlarning fikrlar xilma-xilligini inobatga olgan holda haqqoniy va obektiv ma'lumot tayyorlaşi va ularni yetkazişini ta'minlaş maqsadida jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi işlab çiqilmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga köra, bu ommaviy axborot vositalarining öz-özini boşqariş usuli bölib, bu borada heç qanday sud yoki vakolatli davlat idoralari aralaşmaydi.
Kodeks asosida jurnalistlarning sifatli axborot yetkazişda mas'uliyatlarini oşiriş közda tutilgan.
Jurnalistlarning kasbiy majburiyatlari, ularning mas'uliyatlarini himoyalaş, halol raqobat va jurnalistlar birdamligi – kodeksning boş tamoyillaridan hisoblanadi.
Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksi prinsiplari va normalarini buzgan jurnalistlar kodeksda belgilangan tartibga köra javobgarlikka tortiladilar.
Kodeks "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (BMT Boş Assambleyasi, 1948 yil), "Xalqaro jurnalistika professional etika tamoyillari" (YuNeSKO, 1983 yil), «Xalqaro jurnalist axloqi tamoyillari deklaratsiyasi» (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining Jahon kongressi, 1954 yil) kabi hujjatlar va Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunçiligi qoidalari asosida işlab çiqilmoqda.












