Kun.uz saytida 11 fevral kuni «Paxtaçidagi abgor yöl yoxud Samarqand viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasining «ajoyib» xati» nomli tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Maqolada Samarqand viloyatidagi Paxtaçi tumani «Quvondiq» va «Sardoba» mahallalari örtasidan ötgan yölning abgor holati aks ettirilgandi.
Samarqand viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi boşliği Q.Hasanov mazkur maqolada keltirilgan muammolarni bartaraf etiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan ma'lumot berdi.

«Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi 4K562 «M-37 avtomobil yölidan Sultonobod-Abdiamin» mahalliy yölini ta'mirlab beriş töğrisida Paxtaçi tumanidagi «Sardoba» mahallasida yaşovçi fuqaro S.Sattorovga 2019 yil 25 yanvar kunida yozilgan №01-14/180-sonli javob xatida haqiqatdan ham xatoliklarga yöl qöyilgani, jumladan «2019 yil 24 yanvar» örniga «2019 yil 24 dekabr» hamda «Paxtaçi tumani» örniga «Tayloq tumani» deb adaşib yozilgan.
Samarqand viloyati Paxtaçi tumanidagi 4K562 «M-37 avtomobil yölidan Sultonobod-Abdiamin» mahalliy yölini ta'mirlaş işlari 2019 yil 12 fevralda boşlanişini, şuningdek 2019 yil 25 yanvar kunida yozilgan №01-14/180-sonli javob xatiga Boş boşqarma boşliği Q.Hasanov örniga boş muhandisi R.Isakov xatni imzolayotganda xatdagi xatolarga e'tibor qaratmagani uçun unga nisbatan intizomiy jazo körilişini ma'lum qilamiz», – deyiladi ma'lumotnomada.
Uşbu holat yuzasidan boş boşqarma boşliği Q.Hasanov bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, ayni vaqtda yölni ta'mirlaş işlari boşlangan. Murojaatçiga yuborilgan javob xatini esa boş boşqarmaning boş muhandisi imzolagan. Ta'kidlanişiça, unga intizomiy çora köriladi.



Ma'lumot yuzasidan örganişlarda ma'lum bölişiça, haqiqatan ham ayni vaqtda uşbu yölda ta'mirlaş işlari boşlangan. Yölga şağal tökilib, maxsus texnikalar yordamida texnik işlar amalga oşirilmoqda.












