Adliya vazirligi jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uçun huquqiy mavzularda öquv kurslari taşkil qilmoqda.

“Jurnalistika: huquqiy amaliyot va könikmalar” deb nomlangan uşbu öquv kurslari törtta kontingent (matbuot, televideniye, radio va elektron ommaviy axborot vositalari)ni özi içiga olib, dastlabki öquv kurslari joriy yilning fevral oyida taşkil etiladi. 

Öquv kurslarini samarali taşkil etiş böyiça rivojlangan davlatlar amaliyotiga tayangan holda öquv dasturi işlab çiqilgan.

Uşbu dasturga asosan maşğulotlar ikki kun davom etib, ular quyidagi modullar asosida olib boriladi:

ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy kafolatlari;
jurnalistning huquqlari va majburiyatlari;
axborot oliş va tarqatiş kafolatlari, axborot tarqatişda inson şa'ni, qadr-qimmatini himoya qiliş va javobgarlik masalalari;
qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlaş, muhokama qiliş, huquqiy ekspertizadan ötkaziş va qabul qiliş;
qonunçilikni şarhlaş;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi islohotlar, uni ommaviy axborot vositalari yoritiş;
murojaatlar bilan işlaş;
davlat xizmatlari körsatiş masalalari;
huquqiy materiallarni tayyorlaşda jurnalistning yuridik leksikadan foydalanişiga doir qoidalar;
OAV xodimlarining Lex.uz qonun hujjatlari elektron bazasi bilan işlaşi;
jurnalist etikasi va axloqiy çegaralar;
korrupsiyaga qarşi kuraşişda OAVning iştiroki.

Jurnalistlar uçun uşbu kurslar doimiy ravişda amalga oşiriladi. Maşğulotlar malakali va tajribali huquqşunos va jurnalistlar tomonidan interaktiv va faol suhbatlar tarzida innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda taşkil etiladi. 

Uşbu kurslarda tahsil oliş bepul bölib, xohlovçilar quyidagi manzilga murojaat etişlari mumkin: [email protected].

Qayd etilişiça, kurs bitiruvçilariga tegişli sertifikatlar taqdim etiladi.