Qozoğistonda afğon uruşi faxriysi, “qora mayor” degan laqab olgan Boris Kerimbayev hayotdan köz yumdi. Faxriy 71 yoşda bölgan. Qozoğiston mudofaa vazirligida ma'lum qilinişiça, iste'fodagi polkovnik uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etgan.
Kerimbayev 1948 yilda Qozoğiston SSRda tuğilgan. U “qora mayor” laqabini Afğonistonda ikkinçi “musulmon” bataloni komandiri bölganda olgan.
1982 yil mayida Kerimbayev otryadi Panjşer darasini egallab olgan va uni deyarli bir yil davomida uşlab turgan. Bu dara orqali sobiq ittifoqdan Afğonistonga harbiy va fuqarolik maqsadidagi yuklar yetkazilgan strategik trassa ötgan. Darani Ahmad Şoh Mas'ud armiyasi kuçlaridan bir oy himoyalab turiş kerak bölgan. “Qora mayor”da 500 kişi, raqibda esa bir neça barobar köproq kuç bölgan. Kuçlar orasidagi tafovut kattaligiga qaramasdan, Kerimbayev duşmanga qarşi partizan uruşi olib borişga qaror qilgan. U jangovar yöqotişlari eng kam bölgan komandirlardan birinçisi bölgan. Ahmad Şoh Mas'ud Kerimbayevning “kallasi” uçun million dollar va'da qilgan, biroq “qora mayor”ni mağlub eta olmagan. Oxir-oqibat Mas'ud 40-armiya qömondonligi bilan vaqtinçalik yaraşuv sulhi tuzişga majbur bölgan.
1992 yilda Kerimbayev Qozoğiston qurolli kuçlaridan salomatligi sababli iste'foga çiqqan.
“Men ertami-keç ketaman, bundan kafolatlanmaganman. Ötirib, heç narsa qilmaslik va foyda keltirmaslik – böş joy böliş, ma'nosiz hayot demakdir”, deb aytgan Kerimbayev.
“Qora mayor” bilan vidolaşuv marosimi 14 fevralda Olmaotadagi Armiya uyida bölib ötadi.
Kerimbayevning hayoti haqida köplab maqolalar va kitoblar yozilgan. 2017 yilda u haqida “177-otryad... Qapçağaydan Kobulgaça” deb nomlangan hujjatli film olingan.












