12 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligida Isroil davlati elçisi va «Gadot Agro» kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Vazirlik matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Uçraşuv davomida Isroil elçisi Eduard Şapira va vazir Jamşid Xodjayev qişloq xöjaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlik rivoji istiqbollarini muhokama qilişdi. Xususan, 2019 yilning aprelida Özbekiston-Isroil agroforumini ötkaziş taklif etildi. Şuningdek, tadbir doirasida Isroilning yetakçi kompaniyalari vakillarining Özbekistonga taşrifi taşkillaştiriladi, ular mamlakatning qişloq xöjalik bozori bilan tanişiş va ikki davlat agrariyasi örtasida töğridan-töğri aloqa örnatişni rejalaştirişmoqda. 

 «Isroil murakkab iqlim va ekologik şaroitlarda samarali qişloq xöjalik tizimini yaratişda uzoq yölni bosib ötdi. Biz hosildorlik va sifatni oşiriş hamda qişloq xöjaligida tuzilmaviy islohotlarni ötkazişda isroillik hamkasblarimizning yetakçi texnologiyalari va tajribasini örganişdan manfaatdormiz», - deydi Jamşid Xodjayev.

Isroil diplomatik vakolatxonasi rahbari Qişloq xöjalik vazirligi hamda Isroil elçixonasi örtasida Actionplan’ga tayyorgarlik taşabbusini qöllab-quvvatladi. 

«Gadot Agro» kompaniyasi vakillari tomonidan tomçilab suğoriş texnologiyalariga doir qarorlar taqdim etildi.