EVO provayderi 1 martdan raqobat oqibatida qator hududlardagi faoliyatini to‘xtatadi

«EVO» savdo belgisi («Super iMax» MChJ rahbariyati) Navoiy, Buxoro, Qarshi va Namangan hududlaridagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududlarda provayder faoliyati to‘xtatilishiga sabab sifatida bozorning qayta shakllantirilishi, ma'lumotlar uzatish xizmatlari bozoridagi operatorlar tomonidan qattiq raqobat, raqobat oqibatida yangi abonentlar oqimining qisqarishi va qayd etilgan hududlarda moddiy-texnik ta'minot qoplanishi o‘zini oqlamayotgani ko‘rsatilgan.
Radiochastotalar va IP transport ijarasiga sarflangan xarajatlari simli ma'lumot uzatish operator, provayderlarnikidan tubdan farq qiladi, kompaniya vakillariga ko‘ra, EVO boshqa hududlardagi faoliyati va xizmat turlarini yaxshilaydi. Kompaniya rahbariyati tomonidan tuzilgan jamoa EVO abonentlarining boshqa provayderlar (TPS va EAST TELECOM) tarmoqlariga o‘tishida yordam beradi. EVO yordam uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etadi: +998 78 148 00 00.
Ma'lumot uchun, EVO savdo belgisi Yaponiyaning Sumitomo Corporation va Koreya Respublikasining KT Corporation kompaniyalari hamkorligida ochilgan «Super iMax» MChJga qarashlidir.
Provayder LTE TDD va WiMAX simsiz ma'lumot uzatish texnologiyasidan foydalanadi. Tarmoq topologiyasi mobil aloqa operatorlariniki bilan o‘xshash bo‘lib, provayder ma'lumotlar uzatilishida radiochastotalardan foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi yirik aloqa operatorlaridan biri «O‘zbektelekom» AK o‘tgan yil noyabr oyi oxirida tezlik masalasi muayyan provayder yoki operator tarmog‘ining texnologiyalari va texnik imkoniyatlariga bog‘liqligi haqida xabar bergandi. O‘tgan yil dekabr oyi boshida ISTV provayderi «O‘zbektelekom»ni monopoliyaga intilishda ayblagandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston internetga ulanish tezligi bo‘yicha dunyo reytinglarida so‘nggi pog‘onalardan birida turadi. SpeedTest’ning 2018 yil dekabr oyi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 111-o‘rin (9.97 mb/s) va simli tarmoq orqali ulanish bo‘yicha 108-o‘rinda (10.11 mb/s) joylashgan.
SpeedTest reytingida mobil internet tezligi bo‘yicha 72.77 mb/s tezlik bilan Islandiya, simli tarmoq orqali ulanish bo‘yicha 190.94 mb/s tezlik bilan Singapur birinchi o‘rinda turadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
Mavzuga oid

13:04 / 23.10.2024
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi

12:33 / 05.06.2024
Xususiy provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi

22:22 / 12.06.2020
Operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif bir yilda 34 foizga arzonlashtirilgan - vazirlik

03:40 / 23.05.2019