Norvegiya razvedka xizmati boşliği, general-leytenant Morten Xaga Lundening ma'lum qilişiça, Rossiya samolyotlari mamlakat şimoliy qismidagi harbiy radarga soxta hujumni amalga oşirgan. Bu haqda Barens Observer yozmoqda.
Uning sözlariga köra, 2018 yil 14 fevral kuni Murmansk yaqinidagi aerodromdan Rossiyaga qaraşli 11ta Su-24 samolyoti parvoz qilib, Barens dengizi ustidan uçib ötgan va Verde şahri yaqinidagi Norvegiya radariga «soxta hujum» qilgan, söng ular aerodromga qaytib ketgan.
Şu bilan birga, generalning ta'kidlaşiça, Rossiya samolyotlari Norvegiya davlat çegarasini kesib ötmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Norvegiya maxsus xizmati Rossiya va Xitoy mamlakatda faol razvedka faoliyatini amalga oşirayotganini ta'kidlagandi.












