Samarqand ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan qurilgan bölib, 2004 yilda foydalanişga topşirilgan.

Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, mazkur majmua 2018 yilda 9,7 mlrd söm mablağ ajratilib kapital ta'mirlandi. Unga 32 turdagi 250 mln sömlik yangi sport inventarlari ajratildi.

Majmuaga 600 nafar mahoratli sportçi yoşlar sportning 14 turi (futbol, gandbol, çim ustida xokkey, dzyudo, erkin kuraş, yunon rum kuraşi, boks, gimnastika, yengil atletika, oğir atletika, taekvando, sambo va milliy kuraş) bilan muntazam şuğullanib kelişmoqda. 

Birgina ötgan 2018 yili olimpiya zaxiralari maktab-internati öquvçilari respublika va xalqaro musobaqalarida 95 ta oltin, 53 ta kumuş va 77 ta bronza, jami 225 ta medallarni qölga kiritişdi. 

Manejda şuğullanuvçi sportçilarning 54 nafari Özbekiston terma jamoasining a'zolari hisoblanadi.