22-24 mart kunlari Toşkent şahrida «Navröz» bayramiga bağişlab birinçi xalqaro yarim marafon ötkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi e'lon qilindi. Unda mahalliy aholi va xorijlik iştirokçilar qatnaşişi kutilmoqda.

Xalqaro yarim marafon ğolib va sovrindorlari (1-8-örinlar) 3 milliondan 12 million sömgaça, 5 kmlik masofada 1-6-örinlar uçun 500 ming sömdan 2 million sömgaça pul mukofoti va medallar bilan taqdirlanadi.

Xalqaro yarim marafon poytaxtning diqqatga sazovor hududlari, markaziy köçalari böylab taşkil etiladi. 

Mazkur musobaqa internet tarmoği, Özbekiston, xorijiy davlatlar sun'iy yöldoş kanallari orqali translatsiya qilinişi rejalaştirilgan.