Internetda kopterdan olingan, Guandun viloyatida xitoyça yangi yilni nişonlaş arafasida hosil bölgan ulkan tirbandlik videosi paydo böldi. Ta'kidlanişiça,  viloyatda 110 mln kişi yaşaydi. 

Xitoyga bayram tantanalari haftaligida mahalliy aholidan taşqari, köplab sayyohlar taşrif buyurgan. 

Xitoyda 2018 yilda 27,5 mlnta avtomobil sotilgan. Eng köp miqdorda Volkswagen (3172080 dona avtomobil ), Honda (1452451) va Geely (1385185) modellari sotilgan.

2011 yilda Pekin-Tibet trassasida yöl ta'mirlanayotgani sababli bir neça yuz yuk maşinasi tirbandlikda qolib ketgan. Tirbandlik 100 km gaça çözilib ketgan, ba'zi haydovçilar unda 9 kun ötkazişga majbur bölgan. 2010 yil avgustda esa kömir olib ketayotgan bir neça ming yuk maşinasi Xebey viloyati va Içki Möğuliston muxtor okrugi böylab 260 km lik tirbandlik hosil qilgan. Uşbu tirbandlik dunyodagi eng uzuni hisoblanadi.