Sibirlik olimlar Baykal tubida sekin-asta kötarilib, kölning toza suvini bulğayotgan 250-300 million tonna atrofidagi neft borligini aniqlaşdi. «Nauka v Sibiri» naşri şu haqida xabar berdi. 

Geologiya-minerologiya fanlari doktori Valeriy Moskvinning sözlariga köra, agar mintaqada kuçli zilzila röy bersa, atigi 1,2 ming tonna tabiiy suyuqlikning öziyoq ekologik fojiani yuzaga keltiradi.

Hozirça suvdagi neft bitumlarda yaşovçi uglevodorod oksidlovçi Rhodococcus bakteriyalari tomonidan sörilmoqda. Biroq zilzila röy bergan taqdirda mikroorganizmlar suv havzasini töliq tozalaşning uddasidan çiqa olmasligi mumkin.