Reddit portalida iPhone modellaridan eng yaxşisi uçun ovoz berildi. Foydalanuvçilar iPhone’ning eng muvaffaqiyatli modellari borasida öz izohlari bilan bölişişgan.

Resurs foydalanuvçilaridan biri smartfonning barça modellari ketma-ket joylaştirilgan suratni joylaştirib, ulardan eng yaxşisini tanlaşni taklif qilgan. Ikki kun içida post 10 mingga yaqin layk va 400 dan köproq izoh töplagan. Natijada eng köp ijobiy fikrni iPhone 5, 5S va SE modellari töplagan.

Körinişiça, Apple’da ham buni biladilar. iPad Pröning yangi modellari dizayni aynan şu  modellar uslubida bajarilgani ham bejiz emas. Foydalanuvçilar, şuningdek, iPhone 7 va iPhone XR smartfonlarini ham qayd qilib ötişgan. “Inqilobiy” iPhone X smartfonini esa deyarli heç kim esga olmagan.