2019-2020 öquv yilidan boşlab, Özbekistondagi mahalliy oliy ta'lim muassasalarda ta'lim uçun tabaqalaştirilgan tölov-şartnoma şakli joriy etilişi mumkin. Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri örinbosari Uzoqboy Begimqulov bayonotiga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Begimqulovga köra, tölovning yangi şakli aynan kelgusi öquv yilida joriy etilmasligi ham mumkin, lekin tabaqalaştirilgan tölov-şartnomasini joriy etiş böyiça huquqiy-normativ hujjatlar bazasi şakllantiriladi, loyiha işlab çiqiladi.
«Bu masalada iş olib borilyapti. Hududlarning şaroitidan kelib çiqib, tölov-şartnomani örnatiş uçun minimal talablar joriy etiladi. Yangi öquv yiliga qadar barça zarur huquqiy hujjatlar tayyorlanadi. Biz ayrim omillarni inobatga olib, tölovning tabaqalaştirilgan şakli paydo bölişini öylamoqdamiz. Albatta, marketing izlanişlari olib borilyapti, alohida hududlarda aholining ta'lim uçun tölov qobiliyati ham örganiladi», – deydi vazir örinbosari.
2018/19 öquv yilidan boşlab, Özbekistonda oliy ta'lim uçun tölov miqdori respublikada örnatilgan eng kam iş haqiga boğlab qöyilgandi. Şuning bilan, har gal tölov-şartnoma narxini alohida hujjat bilan oşirilişiga çek qöyilgan.
Köplab xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olib, ularning öqişdagi rağbatini oşiriş uçun tabaqalaştirilgan tölov şaklini allaqaçon joriy etgan.

















