Joriy yil 1 martdan boşlab, «Özbekiston temir yöllari» AJ Afrosiyob tezyurar poyezdlaridan taşqari barça mahalliy yönalişda qatnovçi yölovçi poyezd çiptasining narxini oşirişni bildirdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, «Özbekiston temir yöllari» AJ 2019 yilning 1 martidan boşlab çipta narxi, mahalliy qatnovlarda yuk taşiş tariflarini 20 foizga oşiradi.
«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boşlab «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan taşqari barça mahalliy yönalişlarda qatnovçi yölovçi poyezdlar çiptalarining narxi 20 foizga oşişini ma'lum qiladi.
Bu öz navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xomaşyolar, harakatlaniş davomida vujudga keladigan barça xarajatlarni qoplaş va poyezdda xizmat körsatuvçi barça xodimlarga munosib iş haqini tölaşga zamin yaratadi. Narxlarni tartibga soliş öz navbatida poyezd yönalişlar soni köpayişiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan yönalişlarni doimiy ravişda ta'minlab turadi», deyilgan AJ matbuot xizmati xabarida.
Afrosiyob poyezdi çipta narxi bu gal özgarişsiz qoladi. Şunga qaramay, barça yönalişdagi boşqa poyezdlar xizmatidan foydalaniş qimmatlaşdi.
















