«Mançester Yunayted» «Benfika»ning 19 yoşli hujumçisi Joau Felişni safga qöşib olişni rejalaştirmoqda.
The Sun manbasi ma'lumotiga köra, «MYu» skautlari bir neça oydan buyon uşbu yoş iqtidorni kuzatişmoqda. Bu futbolçiga şuningdek «Bavariya», «Barselona» va «Real» ham jiddiy qiziqib qolgan.
Qayd etilişiça, «MYu» boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi Ole Gunnar Sulşer portugaliyalik futbolçi transferi uçun 100 million funt sarflaşga tayyor.
Feliş Portugaliyada ötgan yoşlar örtasidagi çempionatda 13 uçraşuvda maydonga tuşgan va 7 gol urib, 3 golga uzatma bergan. Endilikda uni OAVda yangi Kriştianu Ronaldu deb ataşmoqda.
Ronalduning özi ham 3 fevral kuni «Joze Alvalade» stadioniga kelib, «Benfika»ning «Sporting»ga qarşi öyinini kuzatgan, bu öyinda Feliş bitta gol urgan.
Felişning «Benfika» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2023 yilga qadar tuzilgan, uning badal puli miqdori 120 million yevro etib belgilangan.











