Çorşanba oqşomida Çempionlar ligasining guruh bosqiçi 1-turi doirasida yana 8ta uçraşuv bölib ötadi.

Asosiy aktyorlarsiz katta öyin

A guruhi
«PSJ» — «Real»
«Bryugge» — «Galatasaroy»

Parijdagi öyin çorşanba oqşomining eng jarangdor öyinidir. Lekin bugun maydonda muxlislar istaganidek yulduzli tarkiblar harakatlanmaydi. «PSJ» YeÇL starti arafasida hujum çiziğining asosiy futbolçilarisiz qoldi, Kilian Mbappe va Edinson Kavani jarohat oldi, Neymar esa ötgan mavsumda olingan diskvalifikatsiyasini ötamoqda. Seşanba kuni Neymarning diskvalifikatsiyasi 3tadan 2taga tuşirilgani ma'lum böldi va u endi guruh bosqiçining 3-turidan jamoasiga yordam berişga kirişişi mumkin.

«Real»da esa asosiy muammolar mudofaa çiziği bilan boğliq. Serxio Ramos va Naçoda diskvalifikatsiya bor, Zidan endi himoya markaziga Varan va jamoaning yangi himoyaçisi Militaodan iborat juftlikni tuşirişga majbur. Murabbiy maydon markazida ham muammolarga ega, Modriç, Asensio va Isko jarohatlar tufayli öyinda iştirok eta olişmaydi. Bunday vaqtda hatto Xames Rodrigesga tayaniş mumkin bölib qoladi. Kolumbiyalik futbolçi yaqin oylar davomida jamoaning asosiy tarkib futbolçisi bölib turişi kutilmoqda.

Özaro uçraşuvlar statistikasi mezbonlar foydasiga emas. Ötkazilgan 7 öyinda «PSJ» faqat bir marta ğalaba qozongan va bir marta durang öynagan. Ammo «Real» mavsumni işonçli boşlay olmaganidan kelib çiqib aytiş mumkinki, fransuzlar öz maydonida birinçi marta madridliklarni yengiş imkoniyatiga ega

«Olimpiakos» nima qila oladi?

V guruhi
«Olimpiakos» — «Tottenhem»
«Bavariya» — «Tsrvena Zvezda»

Bu guruhda ikkita yaqqol favorit bor: «Bavariya» va «Tottenhem». Lekin qolgan ikki jamoa ham guruh bosqiçida sensatsiya körsata oladi.

Çempionlar ligasining ötgan mavsumdagi finalçisi yevrokubokning yangi mavsumini «Olimpiakos»ga qarşi öyin bilan boşlaydi. Greklar klub mavsum startini ajoyib ötkazmoqda, bu jamoa YeÇLning guruh bosqiçiga çiqiş yölida «Viktoriya» (Plzen), «Istanbul» va «Krasnodar» klublari tösiğidan ötdi. Bu  jamoa tarkibida ispan qamoqxonasida 5 oy vaqt ötkazgaç faoliyatini qayta tiklagan Ruben Semedu, «Sporting»dan ketgaç öyini oçilgan Daniel Podense hamda ikkinçi yoşligini ötkazayotgan Mate Valbuena bor.