«Atletiko»ning yangi a'zosi Joau Feliş Madriddagi ilk mavsumida 7-raqamda öynaydi, deb ma'lum qilindi klub rasmiy saytida.

«Matrasçilar» tarkibida 2014 yildan buyon 7-raqam hujumçi Antuan Grizmannga tegişli edi. Ötgan mavsum oxirida u jamoadan ketiş niyatida ekanini e'lon qilgan.
Qayd etiş kerak, klub rasmiy saytida 7-raqamda öynagan «Atletiko» afsonalari sifatida Ufarte, Diyego Forlan va Manolo nomlari sanab ötilgan, ya'ni Grizmann familiyasi tilga olinmagan. Vaholanki, Forlan 2007-2011 yillarda tört mavsum öynab, 96ta gol urgan bölsa, Grizmann sönggi 5 mavsumda jamoa safida 133ta töp kiritdi.
Qöşimça qiliş joiz, 19 yoşli Joau Felişni «Benfika»dan sotib oliş «Atletiko»ga 126 mln yevroga tuşdi. Bu esa uni tarixdagi eng qimmatbaho portugaliyalik futbolçiga aylantirdi.
Bunga qadar uşbu maqom Kriştianu Ronalduga tegişli bölib, bir yil oldin «Yuventus» uni «Real»dan 117 mln yevroga xarid qilgandi. Portugal futboliga taalluqli uçinçi eng qimmat transfer ham Ronalduga aloqador – «Real» 2009 yilda uni «MYu»dan 94 mln yevroga sotib olgan.
Feliş, şuningdek, jahonning eng qimmat futbolçilari orasida 4-öringa joylaşdi. Undan yuqorida faqat Neymar (222 mln), Kilian Mbappe (180 mln) va Filippe Koutino (145 mln) bor xolos.
Xabarlarga qaraganda, Joauning Madriddagi maoşi yiliga 3,5 million yevroni taşkil qiladi.











