«Benfika»ning hujumkor yarimhimoyaçisi Juan Feliş faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.

Madrid klubi 19 yoşli futbolçi bilan 7 yillik şartnoma imzolaganini e'lon qildi. Uning maoşi yiliga 3,5 million yevroni taşkil qiladi.

«Atletiko» yoş iqtidorning transferi uçun 126 million yevroni qismlarga bölib tölaydi: dastlab 30 million yevro, söngra 6 yil davomida 96 million yevro. 

Feliş «Benfika» tarkibida umumiy hisobda 87ta öyinda maydonga tuşib, 34ta gol urgan va 17ta golli uzatmani amalga oşirgan.