«Atletiko» futbolçisi Joau Feliş «Tuttosport» talqiniga köra, Yevropaning 2019 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisiga topşiriladigan «Golden Boy-2019» sovriniga ega çiqdi.
Italiya naşri tomonidan 2003 yildan buyon, an'anaviy tarzda 21 yoşgaça bölgan Yevropaning eng yaxşi yoş futbolçisiga topşiriladigan sovringa 20 yoşli portugaliyalik futbolçi munosib körildi. U sörovnomada «Borussiya» Dortmund klubi yarimhimoyaçisi Jyeydon Sançodan köproq ovoz töpladi.
Ovoz beriş yakunlariga köra, nomzodlar röyxati:
1. Joau Feliş («Atletiko»/«Benfika») – 332 oçko
2. Jyeydon Sanço («Borussiya» Dortmund) – 175
3. Kay Xaverts («Bayyer») – 75
4. Erling Holand («RB Zalsburg») – 74
5. Matteys de Ligt («Yuventus») – 71.
Eslatib ötamiz, ötgan yil uşbu sovrin «Ayaks» himoyaçisi Matteys de Ligtga nasib etgandi.











