Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma'lumotiga köra, 2009-2018 yillar oraliğida urbanizatsiya darajasi Özbekistonda 1,1 foizga pasayib, 50,6 foizni taşkil etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«2012 yildan hozirgi kunga qadar şaharlar soni 119tadan oşmadi va ularda 10,1 mln. kişi istiqomat qiladi. Ularning 24,2 foizi esa Toşkent şahrida yaşaydi», – deyiladi vazirlik axborotida. 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tarqatgan xabarda aytilişiça, köpgina kiçik şahar va şahar posyolkalari ma'muriy usullar orqali tuzilgan bölib, ular şaharsozlik talabiga köra javob bermaydi.

«Amalda aholi qişloq xöjalik mehnati bilan band, ularning turmuş tarzi esa qişloqqa xosdir», – deydi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori örinbosari​ Tursun Ahmedov.