AQŞ Afğonistondan qöşinlarini bir tomonlama tartibda olib çiqib ketişni rejalaştirmayapti, bu boradagi har qanday qaror NATO bilan kelişilgan holda qabul qilinadi. Bu haqda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvçi Patrik Şanaxan Bryusselda bölib ötgan mudofaa vazirlari uçraşuvi yakunida ma'lum qildi.
"Kuçlar bir tomonlama tartibda qisqartirilmaydi, bu özaro hamkorlik doirasida kelişiladi", -dedi u jurnalistlarga.
Yanvar oyi oxirida AQŞ prezidenti Donald Tramp Afğonistonda tinçlik örnatiş böyiça kelişuvga erişilsa, qöşinlarini mamlakatdan olib çiqib ketişga tayyorligini bildirgandi. Afğonistonda AQŞ qöşinlari 2001 yildan buyon bölib turibdi.












