Moskva şahridagi «Butirka» nomi bilan tanilgan 2-son tergov izolyatori rahbariyati jurnalistlarga «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevning kamerasini körsatdi. Futbolçidan taşqari, unda yana 11 nafar mahbus saqlanmoqda.
Bugun Pavel Mamayev izolyatorda mahbuslar iştirokida ötkazilgan futbol öyinida iştirok etdi. «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin esa tizzasidagi oğriq tufayli öyinni ötkazib yubordi. Eslatib ötamiz, har ikkalasi 2018 yil oktabr oyidan beri bezorilik va qasddan tan jarohati yetkaziş jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, hibsda saqlanmoqda.






Öyinda 8:7 hisobi qayd etildi. Mamayev har ikkala jamoa uçun 20 daqiqadan iborat 1 bölim öynab berdi va 7ta gol urdi.












