“Yuksaliş” umummilliy harakati - nodavlat notijorat taşkiloti va uning hududiy bölinmalari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Hujjatda körsatilişiça, “Yuksaliş” harakatining asosiy vazifasi etib fuqarolar, xorijda yaşayotgan vatandoşlar va nodavlat notijorat taşkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlaştiriş, şu jumladan quyidagilar belgilandi:

  • xalq va biznes hamjamiyati bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş;
  • jamoatçilik nazoratining samarali tizimini şakllantiriş;
  • davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari, şuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoşlarning sa'y-harakatlari va kuçlarini safarbar etiş;
  • rejalaştirilgan, şu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oşirilişi jarayonini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida muhokama qilişda faol iştirok etiş;

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritiş. 

Adliya vazirligiga “Yuksaliş” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:

  • Davlat dasturi amalga oşirilişining borişini tizimli monitoring qiliş, uni sifatli va öz vaqtida bajariş uçun qöşimça çoralar köriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;
  • Davlat dasturi amalga oşirilişining borişi töğrisidagi axborotni har oyda umumlaştiriş hamda yakunlarini aniq körsatkiçlar va erişilgan ijobiy özgarişlarni aks ettirgan holda öz veb-saytlarida joylaştiriş;
  • monitoring natijalari töğrisidagi axborotni har çorakda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiş;
  • Davlat dasturi amalga oşirilişi yakunlariga bağişlangan axborot- tahliliy şarhlarni tayyorlaş, ularni xorijiy tillarda e'lon qiliş va keng tarqatişni ta'minlaş topşirildi.