Bugun, 15 fevral kuni Samarqand viloyat hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov raisligida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 6 fevraldagi topşiriqlari ijrosini ta'minlaş böyiça yiğiliş ötkazildi.

Unda şaharning tarixiy markazida aniqlangan şaharsozlik me'yorlari talablariga mos kelmaydigan 159ta obektdan ayrimlarini buziş, qolganlarini talabga moslaştiriş haqida gap bordi.

Jumladan, şaharning tarixiy markazidagi 10 metrdan baland bölgan binolarning ortiqça qismi 1 martga qadar buzib taşlanişi e'lon qilindi.

Köhna va qadimiy şaharning tarixiy qismida közga taşlanadigan baland binolar qolmasligi haqida gapirar ekan, viloyat hokimi Samarqand şahrining Köksaroy maydonidagi 14 qavatli viloyat hokimligining kengaşlar uyi ham yaqin vaqtlar içida buzib taşlanişini e'lon qildi. U yerda joylaşgan viloyatning turli taşkilot va boşqarmalari boşqa binolarga köçiriladi.

Köksaroy maydonida 12 qavatli Biznes markaz binosi ham qad rostlagan. Viloyat hokimi bu binoning buziliş-buzilmasligiga oydinlik kiritmadi, lekin va'da qilinayotgan tendensiyaga köra, katta ehtimol bilan bu bino ham buziladi.

Eslatib ötamiz, ötgan asrning 80-yillarida qurilgan 14 qavatli ma'muriy binoga yaqindagina yoruğlik diodli ulkan ekran örnatilgan edi. Unda yurtimizga oid turli ramzlar bilan birgalikda, Samarqandning maşhur brendlari reklama qilib turiladi.