Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon örtasida imzolangan Özbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi örtasida strategik şeriklik töğrisidagi Şartnomaga muvofiq «Özagrotexsanoatxolding» AJ hamda «ORIYeNBANK» OAJ hamkorligida, Özbekiston Respublikasining Tojikistondagi elçixonasi kömagida «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasining loyihasi işlab çiqildi.

«Özagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati xabariga köra, 2018 yilning 9 noyabr kuni “Özagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvçi “Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodi” AJ hamda «ORIYeNBANK» OAJ örtasida hamkorlikda «ORIYeN-UZAGRO» işlab çiqariş kompaniyasini taşkil etiş borasida ta'sis şartnomasi imzolangan.

Uşbu kompaniya, asosiy faoliyati “Özagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalari tomonidan işlab çiqariladigan ehtiyot qismlari va detallardan Tojikiston Respublikasida qişloq xöjaligi va quriliş texnikalarini yiğiş hamda işlab çiqariş bölgan yangi zavodning qurilişi bilan şuğullanadi.

2019 yilning 11 fevral kuni «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasi Tojikiston Hukumati huzuridagi Soliq qömitasi röyxatidan ötdi.

Şu munosabat bilan 2019 yilning 14 fevral kuni Özbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elçixonasida Özbekistonning Tojikistondagi elçisi Ergaş Şoismatov, «Özagrotexsanoatxolding” AJ vakillari hamda  «ORIYeNINVeST» MÇJ boş direktori S. Valiyev va boşqalar örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda tomonlar özaro hamkorlikda tuzilgan «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasi Tojikiston Respublikasi iqtisodiyotining köpgina tarmoqlarining rivojlanişi va Özbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi örtasidagi strategik hamkorlikning yanada kengayişiga xizmat qilişini ta'kidlaşdi.