Qirğiziston Davlat çegara xizmatining Jalolobod viloyati böyiça çegaraçilari militsiya bilan hamkorlikda tilla taqinçoqlarni öğirlaşda gumon qilingan şaxslarni qölga olişdi. Bu haqda Qirğiziston Davlat çegara xizmati xabar berdi.

Uning sözlariga köra, öğirlik Jalolobod TsUMida yuz bergan. Qirğiziston-Özbekiston çegarasidagi «Madaniyat- avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punkti orqali çegarani kesib ötişga uriniş çoğida çegara naryadi tomonidan beş nafar gumonlanuvçi qölga olingan.

«Tekşiruv davomida ularning yonidan avval öğirlangan tilla buyumlar topildi. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgaç, qölga olingan şaxslar Qirğiziston Içki işlar vazirligining Jalolobod viloyati böyiça xodimlariga topşirildi», - deyiladi xabarda.