Irlandiyaning CityJet aviakompaniyasi Rossiyaga qaraşli Sukhoi Superjet 100 samolyotlari ekspluatatsiyasidan voz keçdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar qilmoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Rossiya samolyotlari haqidagi axborot aviakompaniya saytidan yöqolib qolgan. Uşbu xabar yozilayotgan vaqtda ham Sukhoi Superjet töğrisida ma'lumot bölmagan.

Avvalroq, CityJet Rossiya samolyotlaridan voz keçişi mumkin ekani haqida «Grajdanskiye samoleti Suxogo» şirkati rahbari Aleksandr Rubsov xabar bergandi. Uning sözlariga köra, Irlandiya kompaniyasi öz biznes-modelini özgartirdi, şuning uçun ilgari tuzilgan şartnomalarga «endi mutlaqo boşqaça köz bilan qaralmoqda».

CityJet - Rossiyaning Sukhoi Superjet 100 samolyotlaridan foydalangan Yevropadagi yagona şirkat. Şartnomaga köra Irlandiyaga 15ta samolyot yetkazib beriş rejalaştirilgandi, ammo aviakompaniya parkida faqat yettita bort bölgan.

2011-2017 yillarda jami 156ta Sukhoi Superjet samolyoti çiqarildi. Eng yirik xaridor «Aeroflot» sanaladi (35ta samolyot).