Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Koreya Respublikasi Madaniy meros boşqarmasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Akademiya matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berişiça, unda ikki tomon özaro madaniy meros obektlarini konservatsiya qilişga oid tajriba almaşiş, ularni saqlaş, arxeologiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça muzokaralar olib borişdi.
Şuningdek, Koreya Respublikasi Madaniy meros boşqarmasi vakillari özbek olimlari bilan birgalikda arxeologik tadqiqotlar olib boriş, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutida arxeologik izlanişlar natijalarini saqlaş va himoya qiliş böyiça ilmiy laboratoriyalar holatini yaxşilaş, özbek mutaxassislarini Koreyada, koreys mutaxassislarini Özbekistonda öqitiş uçun katta miqdordagi sarmoya ajratiş niyatida ekanini bildirişdi.
Muzokaralar yakuniga köra, tomonlar özaro hamkorlikka oid memorandumni imzolaşga kelişişdi. Mazkur bitim Özbekistondagi moddiy va nomoddiy merosni qayta işlaş, saqlaş, şu yönalişdagi ikki davlat ilmiy tadqiqot muassasasi hamda muzeylari hamkorligi, körgazmalar va konferensiyalar ötkazilişini közda tutadi. Hujjat joriy yilning aprel oyida imzolanişi kutilmoqda.












