Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda mina haqidagi xabarlar tufayli bir sutkada 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
Sankt-Peterburgda mina haqidagi anonim xabarlar tufayli 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi, birorta ham xabar tasdiqlanmadi, deb ma'lum qildi qonunchilik, huquq-tartibot va xavfsizlik bo‘yicha shahar qo‘mitasi.
"O‘tgan sutkada politsiyachilar, qutqaruvchilar va Rosgvardiya xodimlari minalashtirish haqidagi xabarlardan so‘ng mingdan ortiq bino va inshootlarni tekshirdi. 436ta binodan 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi", - deyiladi xabarda.
2019 yil yanvar-fevralida Rossiya shaharlari bo‘ylab ma'muriy bino va ijtimoiy obektlar minalashtirilgani haqida qator xabar va qo‘ng‘iroqlar to‘lqini yuz berdi.
Bunday holat 2017 yil 11 sentyabrda ham yuz bergan, o‘shanda Rossiyaning 85ta regionidan 75tasida minalashtirish haqida qo‘ng‘iroqlar bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026