AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela harbiylaridan Xuan Guaydoni qöllab-quvvatlaşlarini va AQŞning gumanitar yordami uçun mamlakatga yöl oçişlarini söraydi. Bu Trampning Oq uy matbuot xizmati tarqatgan nutqida keltirilgan.

Tramp Florida vaqti bilan keçki soat törtda (Toşkent vaqti bilan 2:00) nutq sözlaydi.

"Qöşma Ştatlar harbiy rahbarlar va ularning oilalari butun dunyo böylab qayerlarga pul yaşirişganini biladi. Harbiylar va xavfsizlik kuçlari prezident Guaydoga quloq solişlari va Venesuelaga gumanitar yordam körsatilişiga ruxsat berişlari kerak", - deyiladi nutqda.

Avvalroq OAV Venesuela muxolifati AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlov olgandan keyin mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni şiddat bilan töntarib taşlaşni rejalaştirgani haqida yozgandi.

Guaydo 23 yanvarda özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qilgandi. Öşandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.