Bugun, 20 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-hollida «Özbekistonda avtomobil yöllari qurilişi: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda Avtomobil yöllari davlat qömitasi, Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi mutasaddilari iştirok etişdi.
Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri Avtomobil yöllari davlat qömitasi tasarrufidagi turli taşkilotlarda işlovçi 32 mingga yaqin xodimga deyarli uç oydan beri maoş berilmagani haqida tarqalgan xabarlarga izoh söradi. Bu savolga qömita raisi örinbosari Şuhrat Nazarov şunday javob berdi:
– Maoşlarda keçikiş bölgani rost, ammo u bartaraf qilindi va qilinmoqda. Bugun ham Toşkent viloyati böyiça iş haqlarini ajratdik. Bunday holat yuzaga kelişining obektiv sabablari bor edi – Respublika yöl jamğarmasi tugatildi, sohaga oid barça taşkilotlar Transport vazirligi tasarrufiga ötkazildi. Bizning qömitamizda ham yil boşidan tuzilib tasdiqlanişi, şu asosda mablağlar ajratilişi kerak bölgan smeta 25 yanvarga qadar çözilib ketdi. Şu bois, uç oy emas, bir oy atrofida uzilişlar yuzaga keldi va bu bartaraf qilinmoqda. Kelajakda, yil davomida bunday holatlar qaytarilmaydi.












