Kanadaning Galifaks şahri politsiyasi şahar janubidagi uylardan birida çiqqan yonğin oqibatida 7 bola halok bölganini ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga köra, bolalarning barçasi bir oilaning farzandlari bölgan. Ularning ota-onasi şifoxonada qolmoqda.

Yonğin haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan erta tongda kelib tuşgan. Yonğin uyning birinçi va ikkinçi qavatini qamrab olgan, öt öçiruvçilar yonğinni tezda öçirişga muvaffaq bölişgan.

Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. 

Kanadaning CTV telekanalining ma'lum qilişiça, gap suriyalik oila haqida ketmoqda. Qöşnilarning aytişiça, bolalardan kenjasi 3 oylik, tönğiçi 17 yoşda bölgan. Qurbonlarning dafn marosimi 19 yoki 20 fevralda bölib ötişi ma'lum qilingan.